Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Adliya aralashgach


Gurlan tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.B.ning turmush o‘rtog‘i A.K. ga tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan hisoblangan 37 905 000 so‘m miqdordagi homiladorlik va tug‘ish ta’tili davri uchun nafaqa pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganishda, Gurlan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan fuqaro A.K. ga homiladorlik va tug‘ish ta’tili davri uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 37 905 000 so‘m pul mablag‘lari o‘rganish kuniga qadar to‘lanmasdan qolganligi aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan Gurlan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga to‘lanmasdan qolgan homiladorlik va tug‘ruq ta’tili davri uchun nafaqa pullarini to‘liq to‘lash choralarini ko‘rish yuzasidan taqdimnoma kiritilib, kiritilgan taqdimnomaga asosan fuqaro A.K. ga to‘lanmasdan qolgan 37 905 000 so‘m homiladorlik va tug‘ish ta’tili davri uchun nafaqa pullari to‘liq to‘lab berildi hamda fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.