Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Qonunchilikdagi yangiliklar


Transport vositalarini piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonun (O‘RQ-1055-son, 10.04.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Qonunga muvofiq, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizganligi, yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlar va boshqa qurilmalar o‘rnatilganligi, shuningdek yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalari harakatlanganligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno):

BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga;

xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etish:

BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.