Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

2025-yil 1 apreldan


Qonunchilikka ko‘ra, fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi  (keyingi o‘rinlarda - TIEK) ko‘rigiga yo‘llash uchun lozim bo‘lgan amaldagi davolanish muddatlari bo‘yicha talab bekor qilinadi hamda har bir kasallikning kechishi va turidan kelib chiqib alohida belgilanadi.  (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7670)

Shuningdek, TIEK tomonidan kasbga, sportga va taʼlimga tavsiya berish tartibi bekor qilinadi hamda TIEKning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish hamda maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish layoqatini belgilashga oid funksiyalari davlat tibbiyot muassasalariga o‘tkazilishi orqali tugatiladi;

Bundan tashqari, 18 yoshdan katta shaxslarga nogironlikni belgilashda nogironlikning muddati, sababi, tibbiy reabilitatsiya tadbirlari, shuningdek, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligiga oid maʼlumotlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida shakllantiriladi.