Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

“Qonunlarga rioya qilaman!” eko-chellenjiga qoʻshiling!


Hurmatli yurtdoshlar!
➖Oʻzingizni qanchalik ekomadaniyatli sanaysiz?
➖Chiqindilarni belgilangan joylarga tashlaysizmi yoki aksincha?
➖Bu borada huquq-majburiyatlaringizni qanchalik bilasiz?
Qonunlarga-chi, amal qilasizmi?

Unda albatta eko-chellenjda ishtirok eting!

Bu chellenj orqali biz:
Aholining qonunlarga amal qilishini qoʻllab-quvvatlaymiz;
Jamoat joylarida tozalikka rioya qilish madaniyatini targʻib qilamiz;
Ekologik ongni oshiramiz.

Chellenjda ishtirok etish juda oddiy!
Chiqindilarni belgilangan qutilarga tashlash yoki ortiqcha chiqindi chiqarmaslikka oid harakatlarni videoga yoki suratga oling;
Uni ijtimoiy tarmoqlarga #OzodaYurt heshtegi bilan joylashtiring;
Xohlovchilar chellenjni davom ettirish uchun kamida 3 doʻstini belgilashi mumkin.

Eko-chellenj 2025-yil 15-martdan boshlanadi.

Eng kreativ va ommalashgan post egalari Adliya vazirligining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi!

Keling, birgalikda toza va ozoda muhit yaratamiz!

“Qonunlarga rioya qilaman!” – obod kelajak sari qadam!