Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Gidrometeorologik ma’lumotnoma — endi onlayn!


Endilikda Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali gidrometeorologik ma’lumotnoma оlish mumkin bo'ladi.  

Bu hujjat belgilangan hudud bo‘yicha ob-havo holati, harorat, yog‘ingarchilik miqdori, shamol tezligi kabi meteorologik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan rasmiy ma’lumotdir.  

Gidrometeorologik ma’lumotnoma quyidagilarda kerak bo‘lishi mumkin:  qurilish loyihalari uchun asos sifatida; sud ishlari va nizolarida dalil tariqasida; sug‘urta hodisalari bo‘yicha zarar sabablarini aniqlashda; ilmiy tadqiqotlarda va boshqalarda.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.