Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

TADBIRKOR VA FERMERLAR UCHUN SUPER YANGILIK!


Davlat xizmatlari markazlari va my.gov.uz orqali bir qator davlat xizmatlari YANADA OSON bo‘ladi! 

Yer ijaraga olganingizdayoq — dehqon xo‘jaligingiz avtomatik ro‘yxatdan o‘tadi!  

Fermer xo‘jaligingizni reyestrga kiritish, o‘zgartirish yoki chiqarish — hammasi bir tugma orqali! (DXM va my.gov.uz orqali)

Fermer xo‘jaligingiz tugatilsa, uni reyestrdan chiqarish uchun alohida murojaat qilish shart emas — bu ham avtomatik bo‘ladi.  

Tashkilot tugatilganda soliq, statistika va Xalq bankiga siz emas, tizimning o‘zi xabar beradi! (ilgari uch ish kuni ichida edi)

Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish jarayoni ham to‘liq raqamlashtiriladi — barcha organlar 1 ish kunida xabardor qilinadi. 

Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda tugatuvchi oʻzining tugatuvchi etib belgilanganligini elektron tarzda kelishadi.

"Kredit tarixi" endi yuridik shaxslarga ham beriladi. Narxi esa arzonroq: BHMning 5% o‘rniga 4% bo‘ldi!  

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori