Янгиликлар
04
Zulfiya mukofori kimlarga,qanday imtiyoz beradi?
Qonunchilikka ko'ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta'lim, fan, adabiyot, madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan 14 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga berilishi belgilangan. (https://lex.uz/docs/-213812#-213822)
Mukofot har yili Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 2 nafardan talabgorlarga beriladi.
Mukofotni olish uchun talabgor so'nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, o'z sohasidagi va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Mukofot sovrindorlari agar umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarining o'quvchilari bo'lsa, bakalavriatga, bakalavriat talabalari bo'lsa, magistraturaga tegishli yo'nalish va ixtisoslik bo'yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
Shuningdek, Mukofot sovrindorlariga BHMning 50 baravari (18 mln 750 ming so'm) miqdorida pul mablag'lari beriladi.