Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Adliya aralashgach


Xiva shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro O.U ning shahar sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limidan ishlab kelayotgan davrida oylik ish haqlari kam hisoblanib kelinayotganligidan norozi bo`lib qilgan murojaati ko`rib chiqildi.

Fuqaroga oylik ish haqi past tarif koeffitsiyentdan hisoblanib kelinayotganligi  hamda 2021-yildan o‘rganish kuniga qadar jami 114.743.646 so‘m ish haqlari kam hisoblanib to‘lanmasdan qolganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan adliya bo‘limi tomonidan fuqaroga to‘lanmasdan qolgan jami 114.743.646 so‘m miqdoridagi ish haqini undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog`ot tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, da’vo ariza qanoatnlantirildi va fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.