Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Davlat xizmatlarida muhim yangilik!


Suv, gaz va elektr energiyasi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish uchun qayg‘urmang!

Endilikda, ushbu hisoblagichlar vakolatli organlar tomonidan tashabbus asosida qiyoslashdan o‘tkaziladi.  

Yangi tartib qanday bo‘ladi?
Davriy qiyoslashdan o‘tkazish muddatidan 3 oy oldin vakolatli organ xodimlari tomonidan hisoblagichlar olib ketiladi va qiyoslashdan o‘tkazilib, qayta o‘rnatib beriladi. 

Ma’lumot uchun, proaktiv davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarisiz, vakolatli organlar tashabbusi bilan ko‘rsatiladigan xizmatlar. 

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-son qarori