Янгиликлар
16
Bilasizmi
Qonunchilikka ko'ra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda quyidagi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining QQS summasi qaytarib beriladi:
Qo'y go'shti;
Parranda go'shti;
Mol go'shti;
Tuxum;
O'simlik yog'i;
Un;
Shakar;
Dori vositalari va tibbiy xizmatlar.
Ushbu xaridni soliq mobil ilovasida, xarid chekining fiskal belgisini ro'yxatdan o'tkazganda, ularning bank kartalariga har oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to'lov o'rniga, xarid summasida to'langan QQS summasi qaytariladi.
Bunda QQS summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha (3 mln 750 ming so'mgacha) bo'lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshiriladi. (https://lex.uz/docs/6424449#6424798)