Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

"Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" 3-bosqich ishtirokchilari aniqlandi


Tanlovning 2-bosqichida test savollarini eng ko'p va eng tez yechgan 10 nafar ishtirokchilar (https://telegra.ph/%D2%B2u%D2%9Bu%D2%9B-bilimdonlari--Umummillij-Konstituciya-imti%D2%B3oni-2-bosi%D...) 3-bosqichga yo'l oldi. 

Tanlovning 3-bosqichi Adliya vazirligi binosida joriy yilning 4 dekabr kuni soat 10-00 dan boshlab o'tkaziladi.

Ishtirokchilariga telefon orqali xabar beriladi.

3-bosqich bevosita suhbat tarzida bo'lib, ishtirokchilar orasidan quyidagi 2 shart asosida g'oliblar aniqlanadi

1 Tezkor savol-javob:

Har bir ishtirokchiga konstitutsiyaviy huquq bo'yicha 2 ta savol beriladi. Savolga berilgan javob 5 ballik mezonda baholanadi. 

2 Kazus:

Har bir ishtirokchiga umumiy qonunchilik, konstitutsiyaviy huquq bo'yicha 1 ta kazus beriladi. Savolga berilgan javob 5 ballik mezonda baholanadi.

 Suhbat yakuniga ko'ra, umumiy 2 shart bo'yicha eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafar ishtirokchilar g'oliblikni qo'lga kiritadi.