Янгиликлар
03
Yangi xizmat joriy qilinmoqda
Endilikda сhet ellik fuqarolarni jalb etishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa olish yanada osonlashdi!
Bu xizmatdan Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali foydalanish mumkin.
Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati: 5 ish kuni.
Xulosaning amal qilish muddati cheklanmagan.
Ma’lumot uchun: Mazkur xizmat Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-noyabrdagi 780-son qaroriga asosan 1 oy muddatda joriy qilinadi.