Янгиликлар
02
Yangi xizmat joriy qilinmoqda
Endilikda bino (inshoot) va xonalarning sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa olish yanada osonlashdi!
Bu xizmatdan Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali foydalanish mumkin.
Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati: 5 ish kuni.
Xulosaning amal qilish muddati 3 yil.
Ma’lumot uchun: Mazkur xizmat Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-noyabrdagi 780-son qaroriga asosan 1 oy muddatda joriy qilinadi.