Янгиликлар
13
Amal qiling
Qonunchilikka ko'ra, iste'molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga (https://lex.uz/docs/6954979) muvofiq yetkazib beriladi.
Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o'rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.
Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma'muriy (https://lex.uz/docs/97664#1519024) va jinoiy (https://lex.uz/docs/111453#3262040) javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Shuningdek, tarmoqlarga o'zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish o'g'rilik (https://lex.uz/docs/111453#263768) yoki oz miqdorda talon-toroj (https://lex.uz/docs/97664#198117) qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...