Янгиликлар
28
2024 yil 1 noyabrdan
Qonunchilikka ko'ra, Prezident qaroriga (https://lex.uz/docs/6609110) asosan amalga oshirilayotgan “Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan 100 million so'mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish yoki ular bo'yicha kafilliklar taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda tijorat banklariga va mikromoliya tashkilotlariga o'z resurslari hisobiga mazkur mikrokredit miqdorini 300 million so'mgacha oshirishga ruxsat etiladi.
Shuningdek, davlat dasturlari asosida kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb qilinadi. (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7923)