Янгиликлар
17
Adliya xabari
Xorazmda nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning VI Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi
Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.
Vaqti va sanasi: 21—22-sentabr kunlari, 09.00 dan 17.00 gacha.
Manzil: Xorazm viloyati, Xiva shahri, Ichan qal’a majmuasi.
Yarmarkada mamlakatimizning barcha viloyatlaridan kelgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj va turmushda qiynalayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotuvga qo‘yiladi. Bu nogironligi bo‘lgan va og‘ir xastalikka chalingan bolalarning qo‘l bilan yaratgan dunyolari, rasmlari, buyumlari, umidlari va orzulari. Ularni sotib olib, bolalarga lahzalik quvonch, ota-onalarga dori-darmonga yordam, yurakka ozgina taskin berish imkoningiz bor.
Shuningdek, san'atkorlar ishtirokida ko‘ngilochar tadbirlar kutmoqda.