Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Amal qiling


Sanitariya normalarini, qoidalari va gigiena normativlarini buzish:

fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming so'mdan 3 mln 400 ming so'mgacha);

mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda (5 mln 100 ming so'mdan 6 mln 800 ming so'mgacha) jarima solishga sabab bo'ladi. (https://lex.uz/docs/-97664#-5451189)

Shuningdek, sanitariyaga oid qonunchilikni buzish, odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, quyidagi jazo choralaridan (https://lex.uz/docs/-111453#-5450036) biri qo'llanilishi mumkin:

BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish; 
5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...