Янгиликлар
04
Diqqat muhim
Bir necha daqiqalardan so‘ng Adliya vazirligi tomonidan Kadastr agentligi bilan hamkorlikda kadastr sohasida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari yuzasidan “YouTube” ijtimoiy tarmog‘ida aholi bilan onlayn muloqot o‘tkaziladi.
Onlayn muloqot davomida koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtiladi.
Shuningdek, @adliyasupport_bot Telegram boti orqali fuqarolardan kelib tushadigan savollarga javob beriladi.
Muloqot vazirlikning YouTube dagi “Adliya vazirligi / Ministry of Justice (https://www.youtube.com/c/Adliya)” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.