Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Maktablarda “Huquq sinflari” tashkil qilinadi


"Davlat ta'lim muassasalarida yuridik ta'limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (https://lex.uz/ru/pdfs/7086385) qabul qilindi

Unga ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan bosqichma-bosqich umumiy o'rta ta'lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fani chuqurlashtirib o'qitiladigan variativ o'quv rejalari asosida zamonaviy ko'rgazmali o'qitish vositalari bilan ta'minlangan “Huquq sinflari” tashkil etiladi.

Umumta'lim muassasalari huquq fanidan dars beradigan oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lmagan pedagog xodimlarni bepul asosda 2026-yil yakunigacha bosqichma-bosqich yuridik mutaxassislik bo'yicha qayta tayyorlanadi.

Huquq fanidan dars beradigan pedagog xodimlarning malakasini oshirib borish maqsadida 2024-yil 1-noyabrgacha uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi yaratiladi.

2024/2025-o'quv yilidan umumta'lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlar uchun “Eng yaxshi huquq o'qituvchisi” respublika ko'rik tanlovi o'tkaziladi.

“Huquq sinfi”ga o'quvchilar “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziquvchi 8-sinf o'quvchilari orasidan saralab olinadi.

2024/2025-o'quv yilidan boshlab “maktab — litsey — texnikum — universitet” uzluksiz ta'lim tizimi asosida akademik litseylarni muvaffaqiyatli tugatgan o'quvchilar test sinovlarisiz to'g'ridan-to'g'ri yuridik texnikumlarga qabul qilinadi.