Янгиликлар
21
Green Justice
Energiya resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan “Yashil adliya” - “GREEN JUSTICE” konsepsiyasi asosida joriy yilning II choragi yakunida I chorakka nisbatan elektr energiya sarfini qisqartirishda Xorazm viloyat adliya boshqarmasi Adliya vazirligi tizimi bo'yicha eng yuqori samaradorlikka erishdi.
Xorazm viloyati bo`yicha Xiva tuman adliya bo`limi tabiiy resurslarni tejashda ijobiy natijaga ega bo`ldi.
Ma’lumot uchun: Elektr energiyasidan foydalanishda 2024-yilning 2-choragi davomida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan jami 65.541 mln so`m ya’ni 30% miqdoridagi mablag` tejab qolinishiga erishildi. Shundan 8% qismi Xiva tumaniga to`g`ri keladi.