Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

XODIMNING MEHNAT FAOLIYATIDA BUZILGAN HUQUQLARI TIKLANDI


Fuqaro E.U ning homiladorlik va tug`ish ta’tilidan chiqqanidan keyin ish faoliyatini davom ettira olmaganidan nozori bo`lib qilgan murojaati ko`rib chiqildi.

 Aniqlanishida, Tuproqqal’a  tuman  adliya  bo‘limi  tomonidan, fuqaro E.Uning  tumandagi maktabda  o‘qituvchi  vazifasida ishlab kelib, maktab direktorining 2022-yil 16-iyundagi  buyrug‘i bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqarilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoni, viloyat hokimining 2022-yil 21-apreldagi 174-12-0-Q/22-sonli qarori va tuman hokimining 2022-yil 24-iyundagi tegishli qarori bilan tuman 5-son umumiy o`rta ta’lim maktabinegizidaTuproqqal’a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tashkil qilinganligi sababli fuqaro U.E avvalgi ish faoliyatiga qo`yilagan.

Ushbu holatda Mehnat kodeksining tegishli moddalari buzilganligi yuzasidan  tuman adliya  bo‘limi  tomonidan fuqarolik ishlari  bo‘yicha  sudga,  fuqaro U.E manfaatida Tuproqqal’a tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga U.Eni ish bilan ta’minlash majburiyati yuklatish va  xodimning majburiy progulda bo‘lgan  davri uchun to‘lovlarni  undirish haqida da’vo ariza  kiritilib, sudning hal qiluv qarori qabul qilinishi ta’minlanib, murojaat to`liq qanoatlantirildi.