Янгиликлар
11
Qonunchilikka ko'ra, quyidagi holatlarda plyajlar va suvda aholining dam olish joylarining faoliyat ko'rsatishi taqiqlanadi.
plyaj akvatoriyasining suv osti qismi pasporti mavjud bo'lmaganda;
plyaj akvatoriyasi chuqurligining o'lchov xaritasi mavjud bo'lmaganda;
plyaj akvatoriyasi tekshirilmaganda va tozalanmaganda;
suv sifati bo'yicha laboratoriya nazorati natijalari bo'lmaganda;
tibbiy yordam posti bo'lmaganda;
tayyorlangan qutqaruvchilar bilan ta'minlangan va zarur qutqarish anjomlari bilan jihozlangan qutqarish posti bo'lmaganda;
plyajlarning suv osti qismida quvurlar va suv olish quvurlari mavjud bo'lganda, shuningdek plyajlarga tutashgan tekshirilmagan prichallar yaqinida, kichik o'lchamli kemalar yaqinlanashadigan joylarda.