Янгиликлар
10
Yoʻl qoidalariga amal qiling
Qonunchilikka ko'ra, transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirganligi uchun javobgarlik belgilangan. (https://lex.uz/docs/97664#1780910)
Haydovchilarning belgilangan harakat tezligini soatiga:
20 kilometrdan ko'p bo'lmagan kattalikda oshirib yuborishi BHMning 1 baravari (340 ming so'm) miqdorida jarima solishga;
40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi BHMning 9 baravari (3 mln 60 ming so'm) miqdorida jarima solishga;
40 kilometrdan ortiq kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin 1 yil davomida takror oshirib yuborishi transport vositasini boshqarish huquqidan 2 yil muddatga mahrum qilinib, BHMning 25 baravari (8 mln 500 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.