Янгиликлар
03
1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi bo`yicha “Yoshlar sayli” bo`lib o`tdi.
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Urganch shahri A.Temur nomidagi istirohat bog`ida 1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi bo`yicha “Yoshlar sayli” bo`lib o`tdi.
Bolalar va yoshlar saylida mashhur xonandalarning konsert dasturlari, harbiylarning chiqishlari, bolalarga oidva huquqiy kitoblar ko‘rgazmasi, nogironligi bo‘lgan shaxslarning hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, huquqiy viktоrinalar, tennis, shaxmat va shashka sport musobaqalari hamda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi hamda qonun-hujjatlarida bolalar va yoshlar uchun belgilangan huquqlari va imtiyozlari tushuntirildi, mavzuga oid bo`lgan bukletlar tarqatildi.
Shuningdek, Huquqiy aksiya doirasida adliya organlari xodimlarining farzandlari uchun "Family day" tadbirlari ham bo`lib o`tdi
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida tezkor, qulay va shaffof davlat xizmatlari ko`rsatilib, umumta’lim maktabi bitiruvchilarining 120 nafariga ID-kartalari rasmiylashtirib berildi.