Янгиликлар
24
Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani DXM yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali olishingiz mumkin
Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.
Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 800 so'm (BHMning 2,0 foizi)
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati – real vaqt rejimida.