Янгиликлар
11
Adliya aralashgach
Hazorasp tumani adliya bo’limi tomonidan “G’.G’ulom” mahallasida yashovchi fuqaro I.M.ning 2021-yilga qadar maktabda kutubxonachi lavozimida faoliyat yuritib kelganligi, kutubxonachi bo’lib ishlagan davri uchun ustama pullarini undirishda amaliy yordam berishni so’rab qilgan murojaati ko`rib chiqildi.
Bo’lim tomonidan ushbu murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda ko’rib chiqish natijalari yuzasidan, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarorining 23-bandi talabiga asosan kutubxonachi bo’lib ishlagan davri uchun jami 2.259.040 so’m miqdoridagi ustama pullari to’lanmaganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan adliya bo’limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga taqdimnoma kiritilib, fuqaro I.M.ga jami 2.259.040 so’m miqdoridagi ustama pullari undirib berilishi ta’minlanib, murojaatchining murojaati ijobiy hal etildi.