Янгиликлар
26
Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz (https://lex.uz/ru/docs/-5871129)?
Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
Murojaatlar qabul qilinadi:
“Litsenziya” axborot tizimi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.
Zarur ma’lumotlar arizaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy yoki yuridik shaxslar (yuk tashuvchi yoki yuk jo‘natuvchi)
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Undirilmaydi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘imlar miqdori bilan ushbu ???? ilovaga (https://teletype.in/@davxizmatnews/Ruxsat_etish_xususiyatiga_ega_hujjat_berilganligi) muvofiq tanishishingiz mumkin.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:
Bir marta yuk tashish uchun beriladi.