Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Hurmatli Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari!


Bugun 4 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topganligi munosabati bilan Adliya vazirligi sohaga mas'ul barcha fidoyi xodimlarini muborakbod etadi.

Har kuningiz qanchalik xavf-xatarlarga to'la bo'lsa, kasbingiz shu qadar sharaflidir. Yurtimizning tinchligi, fuqarolarning farovon va ishonch bilan yashashi uchun eng kerakli soha vakillarisiz. Barchangizga ushbu yo'lda mustahkam sog'lik, takrorlanmas shijoat, kuch-g'ayrat tilaymiz. 

Favqulodda vaziyatlarda barcha qiyinchiliklarni yengib o'tadigan jasorat Sizlarni hech qachon tark etmasin. Hamisha kasbingizdan faxr va e'zoz topib yuring.

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi