Янгиликлар
04
"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya" olish mumkin.
Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.
Murojaatlar qabul qilinadi:
"Litsenziya" AT - license.gov.uz (https://license.gov.uz/) orqali;
YIDXP – my.gov.uz;
Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
To‘lanadigan yig‘im miqdori:
Arizani ko‘rib chiqish uchun yg‘im undirilmaydi
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 1 barobari
Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 kun.
Litsenziyaning amal qilish muddati — сheklanmagan
Ma'lumot uchun: Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat notarial faoliyat hisoblanadi.