Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Davlat xizmatlari sohasida yana bir yangilik


O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasi o‘n ikkinchi qismiga ko‘ra: litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha muddatga to‘xtatib turish haqida vakolatli organga “Litsenziya” axborot tizimi orqali onlayn ariza bilan murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.

Murojaatlar: 
"Litsenziya" axborot tizimidagi (https://license.gov.uz/) litsenziatning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.

Xizmatdan foydalanuvchilar: Litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan yuridik yoki jismoniy shaxs; 

Ariza yuborilganidan so'ng, Litsenziya yoki ruxsatnomaning amal qilish muddatini olti oygacha bo‘lgan muddatga to'xtatib turish to'g'risida qaror avtomatik shakllantiriladi va arizachiga taqdim etiladi.