Янгиликлар
14
Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish muassislar qarori bilan amalga oshiriladi
Hukumat qarori (https://lex.uz/docs/4483862#4485487) (704-son, 21.08.2019 y.) bilan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosan qaror qabul qilingandan keyingi ish kunida qaror va hujjatlar tegishli davlat xizmatlari markazi (DXM) va bankka taqdim qilinadi.
DXM Tizim orqali tegishli maʼlumotlarni oladi.
Tugatiladigan korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining eng uzog‘i uch yillik davri (amalda 5 yil) tekshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan moliya-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmagan va soliq qarzi bo‘lmagan korxonaning ushbu faoliyati tekshirilmaydi.
Davriy bosma nashrda eʼlon berish talab etilmaydi.
Tadbirkorlik subyekti – jismoniy shaxs o‘z faoliyatini tugatishda qarzi yo‘qligi haqida xulosa olish talab etilmaydi.