Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Bilasizmi


Hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP (https://my.gov.uz/uz) orqali amalga oshirish (http://lex.uz/docs/4481469) mumkin.

Bunda, hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

yuridik shaxslar uchun – 4 yil;
jismoniy shaxslar uchun – 8 yilni tashkil etadi.

Hisoblagichni qiyoslashdan oʻtkazish davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun quyidagicha yigʻim undiriladi:

jismoniy shaxslardan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslardan tashqari) BHMning 20 foizi (68 000 soʻm);
hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun) BHMning15 foizi (51 000 soʻm);
yuridik shaxslardan BHMning 1,5 baravari (510 000 soʻm) miqdorida.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.