Янгиликлар
29
Bilasizmi
Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?
Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi
Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali;
So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.
Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi
Xizmatdan foydalanuvchilar:
Yuridik va jismoniy shaxslarga
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 510 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.