Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi


Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln 400 ming rsoʻm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln yuz ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi (https://lex.uz/docs/97664#5613529).