Янгиликлар
25
Chet elda yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan fuqarolik holatlari dalolatnomalari qay tartibda qayd qilinadi ?
Hukumatning 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga asosan O‘zbekiston Respublikasining chet elda yashovchi fuqarolariga nisbatan tug‘ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, o‘lim holatlarini qayd etish O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolik holatlarini qayd etishda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan konsullik yig‘imi undiriladi.