Янгиликлар
03
Adliya xabari
Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 20-oktabrdan 20-noyabrga qadar «Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish» huquqiy aksiyasi o'tkaziladi.
Huquqiy aksiya doirasida:
Nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritiladi;
Audio-video podkastlar tashkil qilinadi;
Sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.
Shuningdek, aksiya yakunlari bo'yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish maqsad qilingan.