Янгиликлар
19
"Litsenziya" axborot tizimi orqali Xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni va inshootlarni ko‘rik va sinovdan o‘tkazish uchun ruxsatnoma olish mumkin (https://license.gov.uz/).
Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs
Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari)
Ruxsatnoma berilganligi uchun — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari);
Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 kun;
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil;
Ma'lumot uchun: Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlarni o‘tkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin