Янгиликлар
Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnomani “Litsenziya” axborot tizimi orqali olish mumkin
Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi.
Murojaatlar quyidagilar orqali qabul qilinadi:
“Litsenziya” AT – license.gov.uz (https://license.gov.uz/);
YIDXP – my.gov.uz.
Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar
To‘lanadigan yig‘im miqdori:
Arizani ko‘rib chiqish – bepul;
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori – BHMning 30 foizi (90 ming so‘m);
Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 ish kuni.
Amal qilish muddati – Burg‘ulash ishlarini bajarish davriga, lekin 2 yildan oshmaydigan muddatga.
Ma'lumot uchun: Ruxsatnoma har bir burg‘ilash qudug‘i uchun alohida beriladi.