Янгиликлар
25
“Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi
Joriy yilning 21 avgust kuni “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘RQ–864-son Qonuni qabul qilindi.
Mazkur Qonun bilan “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga Davlat veterinariya xizmati tarkibiy bo‘linmalaridan birining nomini aniqlashtiruvchi, shuningdek veterinariya nazorati obyektlariga moneliksiz kirish yuzasidan bosh davlat veterinariya inspektorlarining, ular o‘rinbosarlarining va davlat veterinariya inspektorlarining vakolatlarini qisqartiruvchi o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.
Ushbu Qonunning qabul qilinishi veterinariya sohasidagi kadrlar salohiyatini rivojlantirishga, tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini yana-da taʼminlashga va davlat veterinariya inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlarning tartibini takomillashtirishga xizmat qiladi.