Янгиликлар
23
1-kurs talabalari diqqatiga: yotoqxonaga joylashish uchun DXM yoki my.gov.uz orqali murojaat qilishingiz mumkin
Hukumat qarori bilan Davlat oliy ta'lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlangan.
(https://lex.uz/docs/6568679#6571537) Shunga ko'ra, yangi joriy qilingan davlat xizmati bu yil davlat OTMga o'qishga kirgan talabalarga Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali bepul elektron tarzda ariza yuborgan holda yotoqxonaga joylashish imkonini beradi.
Arizalar 23-avgustdan qabul qilinadi.
Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun taqdim etilgan yo'llanma 10 kunga amal qiladi.
Shuningdek, ayrim toifadagi talabalar (https://telegra.ph/%D2%9Aujidagi-toifadagi-talabalar-yoto%D2%9Bhonaga-ustuvorlik-asosida-%D2%9Babul-...) yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi.
Eslatib o'tamiz, 2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an'anaviy tarzda amalga oshiriladi.