Янгиликлар
17
Tonirovkaga ruxsatnomasi bo‘lgan avtotransportni sotib olganingizda yoki sotganingizda ruxsatnoma belgilangan muddatgacha amal qiladi
Hukumatning 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qaroriga asosan:
Oynalar tusini o‘zgartirishga ruxsat berilgan avtotransport vositasiga bo‘lgan egalik huquqi o‘zgarganda, davlat raqami belgisi almashtirilganda yoki avtotransport vositasi egasining ma’lumotlarida o‘zgarish bo‘lganda (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning joylashgan joyi (pochta manzili) yoki nomlanishi o‘zgartirilganda) avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati 2022-yil 1-sentabrdan boshlab avtomatik tarzda saqlab qolinadi;