Янгиликлар
14
“Radiochastota spektri to`g`risida”gi Qonuniga o`zgartishlar kiritildi
Joriy yilning 2 avgust kuni “Radiochastota spektri to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartishlar kiritish haqida”gi O`RQ–858-son Qonuni qabul qilindi.
Mazkur Qonun bilan “Radiochastota spektri to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga radiochastota spektridan foydalanuvchilarga o`zlariga biriktirilgan radiochastota spektridan boshqa foydalanuvchilar bilan birgalikda foydalanish huquqi berilishini va undan foydalanish tartibi belgilanishini, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari tartibga solinishini nazarda tutuvchi o`zgartishlar kiritilmoqda.
Shuningdek ma’muriy islohotlar natijasida qayta tashkil etilgan davlat boshqaruvi organlarining nomlari aniqlashtirilmoqda.
Ushbu Qonun radiochastota spektridan yanada samarali foydalanilishiga, telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishiga, shuningdek aholining yanada sifatli telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlanishiga xizmat qiladi.