Янгиликлар
04
"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya" olish mumkin.
Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;
Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 165 000 so'm (BHMning 50 foizi)
Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida.
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji 1 650 000 so'm (BHMning 5 baravari)
Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 ish kuni
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan