Янгиликлар
18
"Litsenziya" axborot tizimi orqali Tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma olish mumkin.
Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs
Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari)
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari);
Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 kun;
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil;
Ma'lumot uchun: Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlarni o‘tkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.