Янгиликлар
13
Adliya aralashgach
Xiva shahar adliya bo`limi tomonidan fuqaro A.B.ning mehnat shartnomasi bekor qilinganligidan norozi bo`lib qilgan murojaati ko`rib chiqildi.
Аniqlanishicha, fuqaroning homiladorlik va tug’ish ta’tilida bo`lgan davrida ogohlantirish xati berilganligi va texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtat) yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi asos qilinib, tashkilot rahbarining 2023-yil 17-apreldagi tegishli buyrug`iga asosan qonunga zid ravishda mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Adliya bo`limi tomonidan mazkur qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish yuzasidan Xiva shahar kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limiga kiritilgan taqdimnomaga asosan fuqaroning ish joyiga tiklanishi ta’minlandi.