Янгиликлар
06
Adliya aralashgach
Urganch shahar adliya bo`limi tomonidan, fuqarolar Z.R hamda B.G.ning iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bolgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga kora tabaqalashtirilgan tolov-kontrakt asosida oqishga qabul qilinganligi sababli ish beruvchi Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo`limi tomonidan 2023-2024-o`quv yili uchun to`lov kontrakt pullari to`lab berilmaganligidan norozi bo`lib qilgan murojaati ko`rib chiqildi.
Аniqlanishicha, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo`limi hamda fuqaro Z.R hamda B.Glar o`rtasida to`lov-kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash to`g`risida tuzilgan shartnomalarga asosan B.G 10.461.682 so`m hamda Z.Rga 20.923.364 so`m to`lov-kontrakt pullari to’lanmagan.
Shunga asosan, kiritilgan taqdimnomaga asosan fuqarolarga jami 31.385.046 so`m pullari to’lab berildi.