Янгиликлар
21
Bilasizmi
Parvoz tashuvchi tomonidan belgilangan aniq vaqtdan kechiksa, tashuvchi yo'lovchiga yetkazilgan zararni qoplashi shart. (https://lex.uz/docs/-1824288#-2230033)Zarar miqdori parvoz kuponi narxidan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.
Yo'lovchiga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi tomonidan quyidagi bepul qo'shimcha xizmatlar ko'rsatiladi:
bir marotaba telefon orqali gaplashish yoki telegramma yuborish yoki boshqa aloqa xizmatlaridan foydalanishni ta'minlash;
parvozgacha kutish davrida yoki transportning boshqa turi orqali tashishgacha bo'lgan vaqtda oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta'minlash;
tashuvchi qoidalarida belgilangan muddat kutish vaqtidan ko'ra ko'proq bo'lsa, mehmonxona bilan ta'minlash;
kutish vaqtida transport orqali aeroportdan vaqtinchalik yashash joyigacha eltib qo'yish va qaytishni ta'minlash;
chiptada nazarda tutilgan tutash reyslarga kechikish bilan bog'liq xarajatlarni to'lash.