Янгиликлар
MEDIATSIYA - HUQUQIY BAHS-MUNOZARALARNI O‘ZARO KELISHUV ASOSIDA VA SAMARALI HAL QILISH YO‘LI
2018-yil 3-yulda Oʼzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʼgʼrisida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun bilan fuqarolik huquqiy munosabatlar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yakka mehnat nizolari va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa, taraflarning mediatsiyani qoʼllash bilan bogʼliq munosabatlarga nisbatan, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa taraflarning xohish-istagi asosida, suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida koʼrish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomili qoʼllanilishi belgilandi.Xo‘sh, mediatsiya nima va nima uchun uni "yumshoq huquq" elementi deb atashadi?
Tarixga nazar. Qonunni rivojlantirish tarixida Vavilon, Qadimiy Gretsiya va Qadimiy Rimda mediatsiyani qo‘llash qayd etilgan. Rim huquqida Yustinian kodeksidan boshlab (miloddan avvalgi VI asr) bahs-munozaralarni hal qilish uchun vositachilik tan olingan. Mediatsiya texnologiyasi asosan savdoda qo‘llanilgan. Rimliklar bahs-munozaralarni hal qiluvchi mutaxassislarni «medium»-«vositachi» so‘zi bilan ifodalashgan. Vositachilarga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lishgan. Ularni dohiylar va ruhoniylar bilan bir qatorga qo‘yishgan. Zamonaviy tushunchalarda mediatsiya XX asrning ikkinchi yarmida AQSh, Avstraliya va Buyuk Britaniyada rivojlana boshlagan. Yevropada mediatorlar oilaviy munozaralarni hal qilishga jalb qilingan.
Hozirgi kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan, muqobil yoʼl bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya — yarashtiruv protsedurasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Oʼzbekistonda ham chinakam bozor mexanizmlarining joriy qilinishi va amalga oshirilishi bozor munosabatlarining har bir sohasini tartibga soluvchi zarur huquqiy zamin yaratilishini talab qiladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining imzosi bilan kuni kecha amaliyotga tatbiq qilingan “Mediatsiya toʼgʼrisida”gi qonun muomalaga mediatsiyaga oid yangi tushunchalarni olib kirishi barobarida, jamiyat hayotining yana bir sohasini huquqiy jihatdan tartibga soladigan boʼldi. Аyni paytda Oʼzbekiston nizolarni hal qilishning muqobil usuli, mediatsiyadan foydalanishning dastlabki bosqichida turibdi.
Аsosoan Mediatsiya — ingliz tilidan tarjima qilinganda “vositachilik” maʼnosini anglatadi. U kelib chiqqan nizoni taraflarning oʼzaro maqbul qarorga erishish maqsadidagi ixtiyoriy roziligi asosida, xolis boʼlgan shaxs, yaʼni mediator koʼmagida hal qilish usulidir. Bugungi kunda Oʼzbekistonda mediatsiyaga oʼxshash yarashtiruv protseduralari turli nizolarni hal etishda qoʼllanib kelinadi. Jumladan, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari tomonidan nizolashayotgan taraflarni, xususan, qoʼshnilar oʼrtasidagi nizolarni, oilaviy nizolarni yarashtirish faoliyatini ham mediatsiyaning bir shakli sifatida koʼrish mumkin. Jamiyatimizda avvaldan mahalla raislari qoʼshnilar, oila aʼzolari, er-xotin oʼrtasidagi nizolarni hal etish vazifasini, yaʼni mediator vazifasini bajarishgan.
Xorijiy davlatlara masalan Buyuk Britaniyada mediatsiya barcha kategoriyadagi sud ishlarida qullaniladi. Probatsiya xizmati jabrlanuvchi va ayblanuvchi urtasida yetkazilgan zararni bartaraf etish lozimligini tushuntirib vositachilikni amalga oshirishi mumkin. Аgar mediatsiya jarayonida tomonlar urtasida kelishuvga erishilsa va shartnoma imzolansa, ishni kurayotgan sudьya bu xolatni jazoni yengillashtiruvchi xolat sifatida eʼtiborga oladi. Natijada ikkala tomon xam manfaat kuradi. Jumladan, jabrlanuvchi aybdorga jazo tayinlash jarayonida bevosita qatnashgan holda, shartnomaning majburiy sharti bulgan kompensatsiya mixdorini uzi belgilaydi. Oʼz navbatida aybdor xam uziga nisbatan tayinlanayotgan jazoning yengillashtirishida manfaatdor bulib hisoblanadi.
Buyuk Britaniyada qullaniladigan mediatsiyaning yana bir turi bu politsiya mediatsiyasi bulib, tarixan dastlab voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilganda qoʼllanilgan, keyinchalik esa aybdor yoshidan qatʼi nazar barcha yoshdagilarga nisbatan qoʼllanila boshlangan.
Mediatsiya nima? Umuman olganda, mediatsiya - bahs-munozaralarni uchinchi betaraf tomon ishtirokida tartibga solishga doir huquqiy texnologiya. Ushbu yo‘nalish o‘zining ma'lum bir shartlari va tamoyillariga ega. Masalan:
· tomonlarning teng huquqliligi;
· ixtiyoriylik;
· o‘zaro hurmat;
· konfidentsiallik;
· jarayonning shaffofliligi;
· mediatorning xolisligi.
Mediatsiya qachon qo‘llaniladi? Mediatsiya suddan tashqari tartibda, bahs-munozarani sud tartibida ko‘rib chiqish jarayonida, sudning qaror chiqarish uchun zalni tark etishidan oldin. Agar gap Hakamlik sudi haqida ketayotgan bo‘lsa, shakl xuddi shunday bo‘ladi. Yodingizda bo‘lsin: mediatsiyada ishtirok etish fakti aybga iqror bo‘lishning isboti hisoblanmaydi!
Mediatsiya ishtirokchilari. Jarayon ishtirokchilari - tomonlar va mediator. Tomonlar shuningdek ham jismoniy, ham yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin. Tomonlar ham mediatorlar kabi ikki nafar va undan ko‘p bo‘lishi mumkin.
Mediator kim? Mediator ikki tomonidan bahs-munozarani tartibga solish uchun jalb qilinuvchi shaxs. Jarayonni o‘tkazishda vositachi mustaqil va xolis bo‘ladi. Vositachining ishi tomonlar manfaatiga qarab olib boriladi. Vositachilar ikki toifaga bo‘linadi:
· professional vositachilar - O‘zbekiston Adliya vazirligi dasturi bo‘yicha ta'lim kursini o‘tovchi shaxslar;
· noprofessional vositachilar - 25 yoshdan oshgan, mediator bo‘lish istagini bildirgan shaxslar (ular xohishlariga ko‘ra Adliya vazirligi qoshida maxsus ta'lim kursini o‘tashlari mumkin).
Professional mediatorni qanday topish mumkin? Agar sizga professional vositachi kerak bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar hamda Toshkent shahrining adliya boshqarmalari saytlariga kirishingiz mumkin. U yerda professional vositachilar reyestri taqdim etilgan. Reyestrda mediatorning ismi va familiyasi, kontaktlari, mediatsiya sohasi va vositachining jarayonni olib borish tiliga doir ma'lumotlar ko‘rsatilgan.
Mediator xizmatlari uchun qanday hisoblashiladi? Ta'kidlash joizki, noprofessional vositachilar faoliyati beminnat olib boriladi, professional vositachilar faoliyati esa - to‘lov asosida yoki beminnat. Agar noprofessional mutaxassis ishlayotgan bo‘lsa, u holda uning jarayon o‘tuvchi joyga kelish va ketish, yashash hamda ovqatlanish xarajatlari qoplanishi mumkin. Kim va qancha to‘lashi tomonlar kelishuviga bog‘liq. Odatda xarajatlar tomonlar orasida teng ikkiga bo‘linadi. Agar mediator jarayonni o‘tkazishdan voz kechsa, u dastlabki to‘langan pul vositalarini qaytarishga majbur.
Mediatsiya jarayoni qancha vaqt oladi? Qonunga muvofiq jarayon 30 kundan ortiq davom etmaydi. Biroq zarurat tug‘ilganda tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida muddatni yana 1 kundan 30 kungacha uzaytirish mumkin.
Mediatsiyaning ijobiy va salbiy tomonlari. Jarayon - mutlaqo ixtiyoriy va kelishuv asosida. Tomonlar vositachi yordamida barchasining "+" va "-"larini o‘ylab ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi. Siz o‘zingiz istagan natijaga sud ovoragarchiliklarisiz erishishingiz mumkin. Ushbu texnologiya deyarli salbiy jihatlarga ega emas. Mediatsiyani an'anaviy sud jarayoniga taqqoslash mumkin, unda ham qaysi tomonning huquqiy dalili ko‘proq va ishonchli bo‘lsa, mediator o‘sha tomonni g‘olib deb e'lon qiladi.
RASULBEK IBRAGIMOV
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
Bosh maslahatchisi