Янгиликлар
14
Kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholash bo'yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilingan.
Milliy sertifikatlash tizimi doirasida:
kimyo yoki biologiya fanlarini bilish darajasini aniqlash va bu to'g'risida milliy malaka sertifikatlarini berish Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;
kimyo yoki biologiya fanlarini bilish darajasini aniqlash tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi;
imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega umumta'lim maktab, akademik lisey va kasb-hunar maktabi o'quvchilari davlat OTMga o'qishga kirishda kimyo yoki biologiya fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi hamda unga tegishliligiga ko'ra kimyo yoki biologiya fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi.