Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Litsenziyalash xizmati


"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari;

Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz (https://license.gov.uz/) orqali;
YIDXP – my.gov.uz;

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik  va jismoniy shaxslar

To‘lanadigan yig‘im miqdori:

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori  – 99 000 so'm (BHMning 30 foizi);

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 ish kuni.

Amal qilish muddati — Ruxsatnomada ko‘rsatilgan muddatda beriladi. Bunda ruxsatnomalarning amal qilish muddati 31-dekabrdan kech bo‘lmagan muddatda tugaydi.